Beshinchi sir
INSON QO'LI   QUVVATI
Keyingi kun ertalab yigitcha ro'yxatdagi yana bir kishi, doktor Piter Yang bilan uchrashmoq uchun shahar kasalxonasiga keldi. Doktor Yang kasalxonaning bosh jarrohi edi. U bo'yi baland, kalta tekislangan, saqich kabi qora sochli va ko'zlari chuqur, kelishgan qora tanli kishi edi. Yigitcha uning xonasiga kirganida, doktor o'rnidan turib, u bilan muloyim, lekin qattiq qo'l siqqancha salomlashdi.
 Salom, sizni ko'rganimdan xursandman,  dedi doktor Yang.
  Men ham,  dedi yigitcha.  Men bilan uchrashishga vaqt ajratganinigiz uchun sizga rahmat.
  O, sizga rahmat,  dedi doktor Yang yigitchaga o'tirishni imo bilan taklif etarkan.  Choy ichasizmi yoki qahva?
  Mumkin bo'lsa, choy,  dedi yigitcha.
  Bir daqiqa,  dedi doktor Yang, eshikni ochdi va kotibasiga ikki kishilik choy buyurdi.
 Xo'sh, yana bir bor aytib beringchi,  so'radi dokor Yang,  keksa xitoylik bilan aynan qachon uchrashdingiz.                                           |
Yigitcha hikoyasini so'zlab bo'lganidan so'ng choy keltirdilar. Doktor Yang yigitchaga piyolasini uzatdi.
 Keksa xitoylik jentelmenini o'n besh yu burun uchratganman, - dedi u. - O'shanda endigina
iarroh mutaxassisligini olib, go'yo hamma narsani biladigandek edim. Mening ishimdan boshqa tashvishim yo'q edi  bemorlarni kesib, muammosini yo'qotib, yana tikishni bilardim xolos. Bu ishlar qo'limdan yaxshigina kelardi, lekin biror marta bemorning krovatiga o'tirib, u bilan suhbatlashmagandim.
  Rostdanmi? Nima uchun?  so'radi yigitcha.
  Chunki buni vaqtni boy berish deb hisoblardim. Bemorlar bilan o'tirib gaplashish hamshiralarning ishi deb o'ylardim. Hatto ish o'ganuvchi shifokorlar bemorlar bilan uzoqroq qolib ketishsa, ularni urishib berardim. Bilaman, bu kulgili tuyulsada, menga hamisha malakali jarrohning ustaligi uning qo'llarida, deb o'rgatishgan. Mening xato fikrda ekanligimni anglashimga ko'makiashish uchun g'ayri oddiy keksa xitoylik bilan suhbatlashish zarur bo'ldi  malakali jarrohning ustaligi uning qo'llarida emas... yuragida ekan.
Yigitcha e' tibor bilan tinglardi, doktor Yang esa davom etardi:
  Kunlardan bir kun ertalabki ko'rikni o'tkazayotgan edim. O'sha kuni ertalab to bir palataga kirganimda bemor yonida o'tirib, uning qo'lini ushlab o'tirgan sanitarni ko'rmagunimcha, odatdan tashqari hech nima bo'lmagandi.
 Sizning boshqa qiladigan ishingiz yo'qmi?  dedim unga men.
U men tomonga ohista o'girilib qaradi va uning nigohlarini hech qachon unutolmayman. U to'q jigarrang ko'zlarini to'ppa-to'g'ri menga qadagan ko'yi javob berdi.
 Ha. Basharti o'z ishingiz bilan shug'ullanmas ekansiz, kimdir uni siz uchun bajarishi kerak.
Qanday jahlim chiqib ketganini aytishning ham hojati yo'q.
  Endi mening gaplartmga quloq soling...  dedim men.
Lekin gapimni tugatmasimdan u qo'lini ko'tardida, sekingina shivirladi:
 Iltrmos, hozir emas. Bu juvon yordamga muhtoj.
Qonim qaynab ketdi. Bu sanitar men bilan
shunday gaplashishga qanday haddi sig'di,  deya o'ylardim. Bu bemor saraton xastaligiga duchor bo'lgandi. Biz uning miyasida operatsiya qilib bo'lmaydigan shish borligini aniqlagandik.
  U yaqinda...  deya gap boshladim. Lekin gapimni tugatishimga qo'ymay, qariya
qo'lini ko'tardi va yana bir marta dedi:
  Hozir emas, iltimos. Hozir emas.
Men palata eshigi yonida unga nima haqida o'ylaganlarimning barini aytaman, deb turgandim, lekin u tashqariga chiqqanida, to'ppa-to'g'ri ko'zlarimga tikilgancha dedi:
  Doktor, u yashaydi.
   U yashaydi deganda nima demoqchisiz?  javob berishni talab etdim men.  Uning miyasida operatsiya qilib bo'lmaydigan shish bor.
  Siz qachon bo'lsa ham o'layotibdi deb o'ylagan bemoringiz tuzalayotgganiga guvoh bo'lganmisiz?  so'radi u.
  Ha, albatta,  dedim men.  Lekin...
 Nima deb o'ylaysiz, bu tuzalishga nima sabab
bo'ldi?
- Hech bir tushunchaga ega emasman, - javob
berdim men sabrsizlik bilan. - Bu anomal hodisalardir.
- Yo'q, doktor, - dedi u. - Bu mo'jiza! bunday mo'jizalarni nima yaratadi? Muhabbat! Muhabbat,  dedi u, - butun Koinotda eng kuchli tuzatuvchi, har qanday doridan ko'ra kuchliroq quvvatdir. Muhabbati yo'q jarroh shifokor emas, oddiy mexanikdir.
Shunda u qo'limga bir varaq tutdi va dedi:
 Agar shifokorlikni o'rganish niyatingiz bo'lsa, shu kishilar bilan uchrashmog'ingiz darkor.
Qog'ozga qaradim. Unda faqat o'nta kishining ism va telefon raqamlari yozilgan edi, xolos, yozuvdan nigohinmi uzgan chog'imda esa qariya g'oyib bo'lgandi.
Cholning gaplaridan shunchalar jahlim chiqqandiki, uni topish va u haqda barcha o'ylaganlarinmi aytish umidida to'ppa-to'g'ri ma'mur xonasiga yo'l oldim. Lekin bo'limimizda qandaydir xitoylik ishlagani to'g'risida unda hech bir ma'lumot yo'q edi. Avvaliga ehtimol yozuvlar adashib yozilgandir deb o'yladim, ba'zan kompyuter xato o'tkazadi yoki shunga o'xshash hodisalar bo'lib turadi, lekin men ta'riflagan keksa xitoylik haqida hech qanday yozuvlar yo'q edi va bu ish bilan shug'ullanishni ertasi kunga qadar yig'ishtirdim.
  Xo'sh, nima voqea ro'y berdi?  so'radi yigitcha.
  Hamshira qo'ng'iroq qilib, zudlik bilan kelishimni so'radi... miyasida operatsiya qilib bo'lmaydigan shishi bor ayol krovatida o'tirar, uning ishtahasi ochilgan va o'zini ancha yaxshiroq sezayotganini aytardi. Men ko'zlarimga ishonmasdim; axir bir necha oydan beri boshi aylanishi va ko'ngli behuzurligidan aziyat chekayotgan va atigi ikki kun ilgari miyasida amalda befoyda operatsiya o'tkazishgan edi.
U menga minnatdorchilik bildirib, hoynahoy operatsiya muvaffaqiyatli o'tgan bo'lsa kerak, dedi.
Bunday bo'lishi mumkin emasdi, bu mo'jiza edi! Bu ayol uchun keksa xitoylik nima qilganini tasavvur etolmayman, lekin bilaman, u hech shubhasiz, nimadir qilgan. Kallamga u haqda nimanidir aniqlashning faqat yagona usuli borligi keldi: u menga bergan ro'yxatdagi odamlar bilan uchrashishim zarur.
Albatta, bu odamlar keksa xitoylik bilan uchrashgan ekanlar va ular Haqiqiy Muhabbat sirlari to'g'risida so'zlab berdilar. Bu sirlar to'g'risida ilgari hech eshitmaganim bois, tabiiyki, bunga juda ishonchsizlik bilan qaradim, lekin shu bilan birga keksa xitoylik bemorimni qanday davolay olganini bilishga tobora qiziqishim ortib borardi. Men hech qachon salomatlik va davolashda muhabbatning o'rni haqida o'ylamaganman; axir tibbiyot institutida muhabbat va nozik hislar hamda tuzalish jarayoni orasida qandaydir aloqa borligi to'g'risida bizni o'rgatishmagan. Lekin u bor. Qariya to'la haq edi, muhabbat  bu nihoyatda kuchli davolovchi quvvatdir.
  Rostdanmi?  dedi yigitcha.
   Ha, bu xuddi shunday. Buni isbotlash uchun tadqiqotlar o'tkazilgan edi. Masalan, tadqiqotlar ko'rsatishicha, baxtli oilaviy munosabatlari bor kishilar murakkab xastaliklar bilan : boshqalarga nisbatan o'n foiz kam ko'rsatkichga ega va o'zlarini kimdir yaxshi ko'rishini sezgan bemorlar tezroq va muvaffaqiyatli ravishda tuzalar
ekan.
 Ajabo, bo'lishi mumkinmas,  dedi yigitcha.
  Ha, bo'lishi mumkinmas, - dedi doktor Yang. - Men kabi davolash bilan mashg'ul kasbdagi kishilar uchun ham g'oyat quvonarli hodisa. Haqiqiy Muhabbat sirlari to'g'risida bilib olganimdan keyin o'z shaxsiy hayotimdagi o'zgarishlarni sekin-asta payqay boshladim.
  Aynan nimalarni?  so'radi yigitcha.
  Har xil narsalarni. Oilam va do'stlarim bilan munosabatlarim yaxshilandi, sevgan qizim bilan munosabatlarni tikladim, lekin, ehtimol, eng katta o'zgarishlar ish faoliyatimda ro'y berdi. Men bemorlarimda quruq kasallik tarixi raqamlarini emas, odamlarni ko'ra boshladim, lekin ayniqsa, tibbiyot sohasidagi eng ajoyib sirlardan biri... inson qo'Ii quvvati edi.
  Inson qo'lining muhabbatga nima daxli bor?  so'radi yigitcha.
Qo'l tekkizishda juda katta quvvat bor. U kishilarni birlashtiradi va to'siqlarni buzadi, biz unga hammamiz ta'sirlanib javob beramiz.
Yaqinda London kasalxonalaridan birida tadqiqotchilar qiziqarli tekshiruv o'tkazdilar. Bosh jarroh odatda o'z bemorlarini ularning savollariga javob berish va operatsiyaning umumiy xarakterini tushuntirish uchun har operatsiyadan oldin kechqurun ko'rikdan o'tkazardi.
Tekshirish davomida jarroh har bir bemor bilan so'zlashayotgan chog'ida uning qo'lini bir necha daqiqa ushlab o'tirardi. Ishonasizmi, bu bemorlar boshqalarga nisbatan uch barobar tez tuzalishardi!
Ko'rdingizmi, biz birovga g'amxo'rlik qilib qo'lidan tutsak, uning ham, o'zimizning ham, fiziologiyamiz o'zgaradi  stress gormonlari darajasi kamayadi, asab tizimi bo'shashadi, immun tizimi holati yaxshilanadi va bu hatto hissiyotlarimiz va kayfiyatimizga ham ta'sir qiladi.
Bularning barchasi haqida bilib olganimdan so'ng kasalxona palatalarida qo'l tekkizish dasturini boshladim. Bemorlar bilan ishlaydigan har bir kishiga ularning qo'llarini ushlash va bag'riga bosishga unday boshladik. Bu dastur shunchalik muvaffaqiyatli bo'ldiki, u hatto ruhiy xastalar palatasiga ham tarqaldi. Serebral paralich xastaligiga chalingan bir bemor, kichkinagina bolakayni eslayman. U nogironlar aravachasida o'tirardi. Men uni uchratganimda bag'rimga bosdim, to'satdan u men bilan gaplashishga harakat qildi, uning ko'zlari yoshga to'lib, meni ham quchoqlab oldi. Tibbiyot xodimlari aytishicha, bu bolakay uch yil mobaynida birinchi bor kimgadir javob berishi ekan.
  Bu ajablanarli hol,  dedi yigitcha. Doktor Yang kulimsiradi
  Ruhshunoslik fakulteti qo'l tekkizish quvvatiga shunchalar qiziqib qoldiki, bir necha yil avval ko'chada yana bir tekshiruv o'tkazdilar. Telefon budkasi yonidagi ayol qo'ng'iroq qilib olishi uchun o'tkinchilardan mayda pul so'rardi. Juda kam kishilar unga yordam ko'rsatishdi. Keyin o'sha ayol odarnlarning qo'lini ushlab, yordam so'radi, qaranga, u ko'mak so'ragan ko'p kishilar  ayollar va erkaklar yordam bermoqqa ko'ndilar.
Endi qo'l tekkizish, bag'riga bosish va qo'llarni ushlash muhabbat olish va berishda nima uchun muhimligini angladingizmi? Bu bizni jismoniy, aqliy va hissiy jihatdan o'zgartiradi. Shu sababli qo'l tekkizish muhabbatni ko'p miqdorda olish va berishda naqadar muhimdir.                             (
Yigitcha bosh irg'adi va o'z oilasi va do'stlari bilan jismoniy aloqasi qanchalar kamligini eslab chetga boqdi. Uning oilasida bunaqa hollar juda kam bo'lgan. Odatda u onasi bilan uchrashganida betidan yengil o'par, otasining qo'lmi siqish bilan kifoyalanardi, lekin bu rostakam iliqlik yoki nozik hissiyotlardan mosuvo edi.  Qo'l tekkizish va bag'riga bosish osonmas,  dedi u doktorga o'girilib.
  Nimaga?  so'radi doktor Yang.  Faqat o'z quchog'ingizni ochishingiz darkor. Buni har bir kishi qila oladi.
 Ha, lekin o'sha inson bu ta'sirga qanday javob berishi noma'lum, u seni nari itarishi yoki hatto bu qilig'ingga dushmanlik munosabatini bildirishi mumkin.
  Unda to'siqlarni buzishga harakat qilish uchun yanada ko'proq sabablar bo'ladi. Esingizda bo'Isin, muhabbatga jasorat kerak. Seni nari itarishlari yoki og'riq yetkazishlari xavfiga tayyor bo'lish zarur, lekin sen ko'pincha g'alaba qozonasan. Odamlar senga yorila boshlaydilar. Basharti biz hammamiz boshqasi birinchi qadam tashlashini kutib o'tiraversak, nima bo'lardi?
O'z bag'ringni odamlarga ochgan taqdirdagina qalbingni ham ochayotgandek bo'lasan. O'shanda inson qo'li quvvati bilan alangalangan muhabbat kuchini his qilasan.
Shu kuni kechqurun yigitcha yozuvlarni takror o'qidi:

      Haqiqiy Muhabbatning beshinchi siri  inson qo'li quvvati.

* Inson qo'li  bu to'siqlarni buzadigan va o'zaro munosabatlarni mustahkamlaydigan muhabbatning eng kuchli ifodalanishlaridan biri.
* Inson qo'li jismoniy va emotsional holatni o'zgartiradi va odamlarni muhabbatga moyilroq qiladi.
* Inson qo'li tanani tuzatish va yurakni isitishga yordam bera oladi.
* Bag'ringni ochgan chog'ingda, qalbingni ochasan.